Armaniston poytaxti Yerevan shahrida o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Chempionatning ilk bosqichida Firuzjon Sa’dullayev, Akbar Ahmadov, Abdurahmon  Mahmudjonov, Abdulaziz Abdunazarov, Pahlavonjon Ibrohimov va Hikmatillo O‘lmasov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz g‘alabaga erishdi va navbatdagi bosqichga chiqdi.

Afsuski, terma jamoamiz a’zolaridan Ibrohim G‘iyosov, Muhammadrizo Siddiqov o‘z vaznlarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Chempionat davom etmoqda.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA