Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy hukumatiga bolalarda respirator kasalliklari tarqalishi bo‘yicha qo‘shimcha axborot so‘rab, murojaat qildi. Bu haqda JSST matbuot xizmati xabar berdi.
Bayonotda xukumat bu o‘sishni COVID-19 bilan bog‘liq cheklov bekor qilinishi va gripp, mikoplazmali zotiljam, respirator-sinsitial virus (RSV) hamda SARS-CoV-2 kabi muayyan kasallik qo‘zg‘atuvchilar sirkulyatsiyasi bilan bog‘layotgani aytilgan.
Tashkilot Xitoydan epidemiologik va klinik ma’lumot, ushbu klasterlarning laboratoriya tadqiqoti natijasi, kasallik qo‘zg‘atuvchi unsurlar sirkulyatsiyasi tendensiyasi va sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklama haqida batafsil ma’lumot berishini so‘radi.
BMT agentligi Xitoy mahalliy aholisi va chet el fuqarolariga respirator kasalliklar yuqishi xavfini kamaytirish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish, jumladan tavsiya etilgan emlashni amalga oshirish, kasal bo‘lgan vaqtda uyda qolish, niqob taqish va qo‘llarni muntazam ravishda yuvishni tavsiya qilgan.
Aziza Halimova, O‘zA