Isroil va Falastin ziddiyati bilan bog‘liq gumanitar tinishni nazarda tutuvchi kelishuv 23 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da kuchga kiradi. Bu haqda XAMAS Siyosiy byurosi a’zosi Musa Abu Marzuk “Al Jazeera” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ozodlikka chiqariladigan 50 nafar mahbusning aksariyati xorijiy fuqaro.
Abu Marzuk Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan uch falastinlik mahbus XAMAS tomonidan garovga olingan har bir kishi evaziga ozod qilinishini eslatdi. Shuningdek, XAMASning qamoqxonalari yo‘qligi, mahbuslar Falastin uylarida saqlanishi, shu bois ob’ektlar Isroil tomonidan bombalanganda garovga olinganlar ham halok bo‘lganini ta’kidladi.
Isroil va XAMAS Qatar va Misr vositachiligida mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishgan.