Hindistonning Bengaluru shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirni hamyurtimiz Nigina Abduraimova g‘alaba bilan boshladi.

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqaning yakkalik bahslarida Nigina

rossiyalik Yekaterina Yashinaga qarshi kortga tushdi va 6:2, 6:3 hisobida zafar quchib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, Nigina Abduraimova Butunjahon ayollar tennis uyushmasi reytingida 244-pog‘onada bormoqda. Tennischimiz so‘nggi marotaba Portugaliyaning Oeyrash shahrida tennis bo‘yicha “W60″ toifasiga kiruvchi xalqaro turnirda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA