Shimoliy Makedoniyaga tashrif buyurgan NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg XAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuvni olqishladi va chorshanba kuni Skopeda ittifoqqa a’zo Bolqon davlatlari rahbarlari bilan Yaqin Sharqdagi inqiroz muhokama qilinishini aytdi.
“XAMAS va Isroil o‘rtasida garovga olinganlar ozod qilinishi, zo‘ravonlikka chek qo‘yilishi va insonparvarlik yordami yetkazilishiga olib keladigan kelishuvni olqishlaymiz”, – dedi u.
Avvalroq Falastinning XAMAS harakati Isroil bilan G‘azo sektorida to‘rt kunlik gumanitar pauza o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishilgani va 150 nafar falastinlik asir evaziga garovga olingan 50 nafar isroillik ozod qilinishini e’lon qilgan edi.