Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Butunjahon boks ittifoqi (WBC)ning 61-konvensiyasi doirasida tashkilotning bir qator yo‘nalishlarida yilning eng yaxshilari e’lon qilinmoqda.

Konvensiyaning navbatdagi yig‘inida ikkinchi o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares WBCning 2023 yildagi eng yaxshi bokschisi sifatida e’tirof etildi.

Aytish lozim, Saul Alvares professional boksdagi so‘nggi jangini joriy yilning sentyabrida Jermell Charloga qarshi o‘tkazdi va hakamlarning qarori bilan g‘alaba qozondi. Shu tarzda Saul WBA (Super), WBC, IBF, WBO va The Ring kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Tashkilotning “WBC Care” loyihasida argentinalik Diana jasur ayol sifatida taqdirlandi. U “WBC Kids” qo‘mitasi a’zoligiga qabul qilindi.

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA