Tarixda ilk bor kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Tailandda o‘tayotgan “Parij-2024” litsenzion turnirda Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqaning ayollar o‘rtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha bahslarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu esa hamyurtimizga Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etdi. Musobaqa nizomiga ko‘ra, yakkalik yo‘nalishda o‘tayotgan ushbu turnirda finalchilar “Parij-2024” yo‘llanmasiga ega bo‘lishadi.
Shu tariqa, kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA