“Ukraina mudofaa sanoati” davlat konserni rahbari German Smetanin “Ekonomicheskaya pravda” nashriga bergan intervyusida korxona “Shahed-136” rusumli kamikadze-dronini tizimli ravishda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qildi.
– “Shahed” dronlari xorijiy xususiy kompaniya bilan kooperatsiya asosida ishlab chiqarilmoqda, – dedi Smetanin. – Muhimi bunday uchoq parvoz qiladi va portlaydi. Mudofaa kuchlaridan buyurtma tushyapti.
Ta’kidlanishicha, hozir yanada murakkab va qimmat, yuqori tavsifga ega qurilmalar ishlab chiqarishga ham e’tibor qaratilmoqda.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Ukraina droni g‘arb yo‘ldoshi ma’lumoti bilan ta’minlanmaganda, bunchalik uzoq masofaga ucha olmasdi, deya bayonot bergandi.