Rossiya Misrga G‘azo sektori aholisi uchun gumanitar yordamning uchinchi to‘plamini jo‘natdi. Bu haqda RF Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida aytilgan.

Bayonotga ko‘ra, tegishli departamentning ikkita maxsus samolyoti Falastin anklavi aholisi uchun 60 tonna gumanitar yuk yetkazadi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Il-76 samolyoti Grozniy xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarildi. Havo kemasi sahnida oziq-ovqat, to‘shak-yostiq va shaxsiy gigiyena vositalari mavjud. Tadbir Prezident Vladimir Putin ko‘rsatmasi asosida amalga oshirilmoqda.

Insonparvarlik yuki Misr Qizil Yarim Oy jamiyatiga topshiriladi va keyin G‘azo aholisiga yetkaziladi.