Kelajakda sun’iy intellekt (SI) xavsizlik uchun sezilarli darajada tahdid tug‘diradi, mavjud muammoni yanada chuqurlashtiradi. Ushbu fikr Buyuk Britaniya hukumati tomonidan mamlakatda bo‘lib o‘tadigan SI xavfsizligi sammiti arafasida tayyorlangan hisobotda keltirilgan.

– Generativli sun’iy intellekt xavfsizlik uchun tahdidni sezilarli darajada oshiradi, – deyiladi ma’ruzada. – 2025 yilga kelib bunday SI yangi tahdid yaratishidan ko‘ra, mavjud muammoni chuqurlashtirishi ehtimoli kuchli.

Ta’kidlanishicha, SI kutilmagan qo‘shimcha tahdid paydo qilishi ham mumkin. Masalan, 2030 yilga kelib terrorchi guruhlar biologik qurol ishlab chiqish uchun SIdan foydalana boshlashi mumkin.

Avvalroq BMT inson huquqi bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk sun’iy intellekt matnni yoki tasvirni qayta jonlashtirish imkoniga ega bo‘lishi va insoniyat uchun ulkan xavf tug‘dirishi mumkinligini aytgan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ham insoniyatni sun’iy intellektdan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.