AQSH dengiz piyodalari og‘ir yuk tashiydigan va razvedka olib bora oladigan robot-itlarni sinovdan o‘tkazmoqda, deb xabar tarqatdi “Fox News” telekanali.
“Sun’iy intellektga ega to‘rt oyoqli vosita” tankka qarshi ishlatiladigan qurol olib yuradi. Qolaversa, “temir it”ni keng qamrovli videokamera, nishonga oladigan lazer kabi texnika bilan jihozlash mumkin.
Qurilmadan og‘ir yukni tashish, joyni razvedka qilish va hatto, o‘t ochish maqsadida foydalanish rejalashtirilmoqda.
“Robot-it” ovozli buyruqqa itoat etadi, soatiga 16 kilometr tezlik bilan yuguradi, balandlikdan oshib o‘tadi.