Jo Bayden boshqaruvi davrida AQSH tomonidan Ukrainaga ko‘rsatilgan ko‘mak miqdori 44,5 milliard dollardan oshdi, Rossiya maxsus harbiy amaliyot boshlagandan buyon esa jami 43,9 milliard dollarlik yordam ko‘rsatildi, deya bayonot berdi Pentagon rahbariyati.
Ikki kun oldin AQSH Ukrainaga qiymati 150 million dollarlik yangi yordam paketini e’lon qildi. Navbatdagi ro‘yxatga havo hujumidan mudofaa tizimi vositalari va tankka qarshi qurol ham kiritilgan.
Rasmiylar ta’kidlashicha, Vashington va ittifoqchilar, toki, RF maxsus amaliyotni to‘xtatib, qo‘shinini Ukraina hududidan olib chiqmaguncha, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash davom etadi.