Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.

Tashrif davomida sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo‘lish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish ko‘zda tutilgan.