Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak ta’kidlashicha, Kiyev parvoz masofasi 1000 kilometrni tashkil etadigan rekataga ega. Ayni payt mazkur qurol sinovdan o‘tkazilyapti.
– Nafaqat dron, balki raketa ham ishlab chiqarish kerak, – dedi u Ukrainaning 24-kanaliga bergan intervyusida. – Bizda 750-1000 kilometrga ucha oladigan raketaning sinov namunasi bor. Raketa va dron evaziga RF qurolli kuchlari bilan muvozanatga erishish mumkin. Buning uchun Ukraina ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishi, g‘arb investitsiyasini jalb etishi lozim. To‘g‘ri, Ukraina yarim yilda ming yoki ikki ming raketa ishlab chiqara olmaydi. Binobarin, ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, biz sarmoya kirityapmiz, davlat ayni masalada ish olib boryapti.
1 avgustda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev o‘zi ishlab chiqqan, 700 kilometr masofadagi nishonni uradigan zambarakdan foydalanganini ta’kidlagan edi.