G7 mamlakatlari moliya vazirliklari va markaziy banklari rahbarlari bayonot berishicha, Rossiyaning suveren aktivlari va yurisdiksiyalari Ukrainaga yetkazilgan zarar qoplanguncha muzlatiladi.

Ukrainada maxsus harbiy amaliyot boshlangandan keyin Yevropa Ittifoqi va “Katta yettilik”ka kiruvchi mamlakatlar Rossiya valyuta zaxirasining qariyb yarmi – taxminan 300 milliard yevroni muzlatgan. YeI yetakchilari o‘tgan yil oktyabrda Yevrokomissiyaga muzlatilgan mablag‘ni Ukrainani tiklashga sarflash bo‘yicha taklif tayyorlashni buyurgandi, biroq haligacha bunday taklif taqdim etilgani yo‘q.

Kreml bunga javoban, “Ayni qaror xalqaro huquq mezoni va barcha qoidalarni buzish sari qo‘yilgan yana bir qadam”, deya bayonot bergan.