O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi arafasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda “Amerika ovozi” teleradiosi hamkorlikda turkum materiallar tayyorlashni rejalashtirgan.
Bunda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar ko‘lami, rejalar, amaliy qadamlar va tashrifdan ko‘zlangan maqsad keng muhokama qilinadi. Shuningdek, amerikaliklarning buguni, turmush tarzi, istiqboli borasida ham maqolalar e’lon qilinadi.
Voqealar markazidan olingan eng dolzarb xabar va lavhalar “Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti, Navbahor Imomova tomonidan tayyorlanadi.
Saytimizni kuzatib boring…
O’zA