Shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasi raisining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Janob Richard Norland O‘zbekiston haqida qanday fikrda?
Janob Norland, Siz ko‘p yillar mobaynida O‘zbekistonda istiqomat qilgansiz. O‘zbekiston haqida Sizda qanday taasurotlar qolgan?
Men turmush o‘rtog‘im Meri bilan bir necha yil davomida O‘zbekistonda istiqomat qilganman. U yerda men 2007 dan 2010 yilgacha ishlaganman.
O‘sha davrning yorqin taasurotlari hali xamon xotiramda saqlanib qolgan.
Men O‘zbekistonning boy tarixiy merosi va madaniy boyligini hurmat qilaman. Bu zamin Markaziy Osiyoning Yevroosiyo qit’asiga evolyutsiya qilishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. O‘zbek halqining mexmondo‘stligini alohida ta’kidlab o‘tishni xohlar edim.
Bugun biz mamlakatimiz rivojlanishida yangi bosqich haqida gapirmoqdamiz. AQSHning ekspertlar va tahlilchilar hamjamiyati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga qanday baho bermoqda?
Davlat departamentidagi mening hamkasabalarimda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jarayonlar katta qiziqish uyg‘otgan. O‘zbekiston katta salohiyatga ega, birinchi navbatda Markaziy Osiyodagi iqtisodiy jarayonlarni harakatga keltiruvchi kuch, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishdagi muhim omil va Yevropani ushbu mintaqa bilan bog‘lovchi transport koridor sifatida katta ahamiyatga ega.
AQSH Prezidenti D.Trampning taklifiga binoan O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarimizda muhim voqea bo‘lishi kutilmoqda. Bu tashrif haqida fikringiz.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ushbu tashrifi darhaqiqat tarixiy ma’noga ega. Birinchi navbatda aytish mumkinki, bu tashrif AQSH tarafining tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Yuqorida aytilgan salohiyatni hamda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va xafvsizlik sohasidagi hamkorlik ufqlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun bu tashrif yaxshi imkoniyat kasb etadi. O‘zbekiston Prezidentining tashrifi jahon siyosati uchun ham ahamiyatlidir. Mening fikrimcha, AQSH O‘zbekiston Prezidentining mintaqaviy masalalardagi qarashlari va pozitsiyalaridan ko‘p narsa olishi mumkin. Men O‘zbekiston bilan strategik aloqalardan manfaatdor bo‘lgan Vashingtonda ko‘plab rasmiy shaxslarni taniyman.
Siz xavfsizlik va barqarorlik masalalariga katta e’tibor berasiz. Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasida O‘zbekiston tarafidan ilgari surilgan tashabbuslar haqida fikringiz.
Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi mintaqada katta muvaffaqiyatga ega bo‘ldi. U mintaqada savdo va iqtisodiy hamkorlikni tiklash uchun yangi sharoitlar yaratib beradi. Bu konferensiya kuch va zo‘ravonlik bilan o‘z siyosiy maqsadlariga erishmoqchi bo‘lgan kuchlar uchun kuchli signal bo‘ldi. Anjuman mintaqaviy davlatlarni yagona muzokara stoli atrofida o‘tkaza oldi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevni va mamlakat tashqi siyosatini bunday ijobiy natija bilan tabriklamoqchiman.
Bizning yaqin insonimiz sifatida ushbu tarixiy tashrif arafasida O‘zbekiston halqiga qanday tilaklaringiz bor?
O‘zbek halqiga mintaqada o‘zining kuchli rolini bajarishni davom ettirishni va ajoyib tarixiy merosini yanada tanitishini tilab qolaman. Va meni turmush o‘rtog‘im Meri bilan shu zaminda yana bir bor kutib olishlarini hohlab qolar edim.
Suhbatni Xalqaro press-klub raisi
Sh.Qudratxo‘jayev olib bordi
O’zA