regulation.gov.uz normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida amaldagi yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi chop etildi. Unda “Shaxsiy harakatlanish vositalari” tushunchasiga aniqlik kiritish va transportning mazkur toifasini skuterlar bilan chegaralash taklif etilgan.

Shaxsiy harakatlanish vositalari (SHHV) bu bir kishi uchun mo‘ljallangan motorli va bir yoki bir nechta g‘ildiraklari bor bo‘lgan har qanday turdagi transport vositasidir. Ularga elektr samokatlar, segveylar, elektr skeytbordlar, unitsiklar, monog‘ildirak va shunga o‘xshash transport vositalari kiradi.  Qonun loyihasida SHHV foydalanuvchilari piyodalarga tenglashtirilishi, piyodalar svetaforlaridagi ishoralarga bo‘ysunishi va velosiped yo‘laklari yoki trotuarlarda harakatlanishi lozimligi aytib o‘tilgan.  Agar trotuar yoki velosiped yo‘lakchasi mavjud bo‘lmasa, SHHV foydalanuvchilari yo‘l chetida soatiga 20 kilometr tezlik bilan harakatlanishi mumkin.  14 yoshdan kichik shaxslar yopiq hududlardan tashqarida SHHVda harakatlanishiga ruxsat berilmaydi.

Skuterlarga ichki yonuv dvigatelining hajmi 25 kub santimetrdan ortiq yoki quvvati 0,25 dan to 4 kilovatt soatgacha bo‘lgan elektr motorli transport vositalari kiradi. Mazkur toifaga shuningdek belgilangan talablarga javob beradigan tritsikllar va kvadrotsikllar ham kiritilmoqda.

Tuzatishlar tasdiqlangan taqdirda skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish lozim bo‘ladi. Ularni boshqarish uchun esa xuddi mototsikl yoki moped singari A toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.

Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA.