O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin tor doiradagi uchrashuvdan so‘ng muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirishda misli ko‘rilmagan natijalarga erishilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik izchil kengayib borayotgani va salmoqli darajada yuksalayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi aniq yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat natijalari yuqori baholandi, ular sifat jihatidan o‘zgargani yuqori baholandi.

Sanoat kooperatsiyasini, eng avvalo, mashinasozlik, metallurgiya, energetika, qayta ishlash, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda kengaytirish bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi qo‘shma guruh tuzilgan.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator boshqa kelishuvlarga erishildi.