Gaagadagi Xalqaro sudning Armanistonning Qorabog‘dagi vaziyat yuzasidan irqiy kamsitish to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq Ozarbayjonga qarshi ilgari surgan da’vosi bo‘yicha majlisi 12 oktyabrga belgilandi, deyiladi mahkama bayonotida.

Armaniston tegishli ariza bilan murojaat qilib, sudni Bokuga nisbatan vaqtincha chora ko‘rishga chaqirgan.

“Gaagadagi Tinchlik saroyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti asosiy sud organi – Xalqaro sud 2023 yil 12 oktyabr, payshanba kuni Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani qo‘llash bo‘yicha ochiq eshituv o‘tkazadi”, deyilgan sud saytida chop etilgan bayonotda.