Jenevada BMTning Inson xuquqlari bo‘yicha kengashi Universal davriy sharh (UDSH) bo‘yicha ishchi guruhning 30-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. 7 mayda boshlangan yig‘ilish 18 mayga qadar davom etadi.
Adliya vazirligiJamoatchilik bilanaloqalar bo‘limidan olingan ma’lumotga ko‘ra, sessiya davomida 14 davlatning UDSH 3-sikli doirasida inson huquqlari sohasidagi vaziyat haqidagi ma’ruzalarini tinglash rejalashtirilgan.
O‘zbekiston ham o‘z ma’ruzasini taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston UDSH birinchi va ikkinchi sikllari sharhi 2008 yil dekabr va 2013 yil aprel oylarida o‘tkazilgan bo‘lib,O‘zbekistonga 203 tavsiyaberilgan edi.
Sessiya ishtirokchilari mamlakatimizning so‘nggi yillarda erishilgan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlari va rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirildi. Milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi qishloqlarni obodonlashtirish, aholini munosib uy-joy va ish bilan ta’minlash, shahar va qishloq joylardagi turmush sharoiti o‘rtasidagi keskin farqni kamaytirishga qaratilgan “Obod qishloq – blagoustroyennoye selo” davlat dasturi taqdimoti o‘tkazdi.
O‘zbekistondagi vaziyatni muhokama qilish chog‘ida ishtirokchilar mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash, jumladan siyosiy, huquqiy va sud islohotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash evaziga korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlariga xayrixohlik bildirdi.
Delegatsiyalarning aksariyat a’zolari O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatga integratsiyasinioshirish va konstruktiv muloqotga ochiqlik bo‘yicha erishilgan yutuqlarini yuksak baholadi.
O‘zbekistonning BMT huquqni himoya qilish tuzilmalari bilan hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlari qo‘llab-quvvatlandi. BMT Oliy komissarining mamlakatimizga ilk tarixiy tashrifi va uzoq tanaffusdan so‘ng din va e’tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma’ruzachining tashrifi, ularning yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ning qabul qilinishi bunga yorqin misoldir.
IHK, shuningdek UDSH sessiyasi ishtirokchilariga bosma materiallar, xususan “O‘zbekiston: inson huquqlari sohasidagi taraqqiyot” nomli ma’ruza, “2017 yil – jadal islohotlar yili” risolalari, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalar yili davlat dasturi”, Din va e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, “2017 yilga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturi ijrosi” hamda Biznes-ombudsman faoliyatiga doir materiallar tarqatildi.
Bugun O‘zbekistonning UDSH uchinchi ma’ruzasini eshitish yakunlari bo‘yicha tavsiyalariqabul qilinmoqda.