MDH Davlat rahbarlari kengashining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yig‘ilishida Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan qator muhim qarorlar qabul qilinadi. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti ma’muriyati tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyevga tayanib xabar berdi.
13 oktyabr kuni Bishkekda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.