O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, qator ob’ektlarga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan.