AQSH Prezident Jo Bayden Ukrainaga yordam ko‘rsatish bandi kiritilmagan hukumatni moliyalashtirish to‘g‘risidagi qonunni imzolash chog‘ida Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘ ajratish uchun alohida ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi, deb umid bildirishini aytdi. Bu haqda “TASS” yozgan.
– Hech qanday sharoitda AQSH tomonidan Ukrainani qo‘llash to‘xtatilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, – dedi davlat rahbari. – Kongressning Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti Kiyevni qo‘llash to‘g‘risida avval bergan va’dasining ustidan chiqishiga ishonaman. Amerika ittifoqchilarini, AQSH va Ukraina xalqini ishontirib aytamanki, biz ishni yarim yo‘lda tashlab qo‘ymaymiz, ko‘mak berishda davom etamiz.
Kecha ikkala palata federal hukumatni moliyalashtirishni 45 kunga uzaytirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilgan. Hujjatdan Ukrainani qo‘llash bandi olib tashlangan.