Turkiya respublikasining televideniye va radio oliy tashkiloti (RTUK) boshchiligida bir guruh media vakillari, kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha Turkiyada tahsil oluvchi35 nafar xorijlik talabalar Toshkent-Buxoro-Samarqand yo‘nalishida “10-Kelajakka eltuvchi rishta” nomli amaliy sayohat (vorkshop) uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Ushbu tadbirning O‘zbekistonda (bungacha, ushbu tadbir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Ruminiya, Turkiyaning Chanoqqal’a, Konya shaharlarida bo‘lib o‘tgan) o‘tkazilishidan ko‘zlanganmaqsad, Turkiyaga bakalavrlik, magistratura va doktorlik ilmiy darajalarini olish uchun chet ellardan kelib o‘qiyotgan talabalarga O‘zbekistonning boy madaniy merosini tanishtirish, tarixan uzviy bog‘liqliklari bo‘lgan munosabatlarni bildirish va yangilashdan iboratir.
Ushbu talabalar Turkiyaga Hindiston, Bangladesh, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Moldova, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Bolgariya, Gretsiya kabi 14 ta davlatdan borib o‘qishadi. Ular O‘zbekistonning tarixiy rivojlanish bosqichlari, obidalari, dunyoga dong taratgan buyuk allomalari, diniy ulamolari, hozirgi taraqqiyot ko‘rsatkichlari, sanoati kabi mavzularda o‘zlarining kichik tadqiqotlarini taqdimot ko‘rinishida aks ettiradi. Talabalarning ma’ruzalari to‘plam holida chiqarilishi rejalashtirilgan.
Delagatsiya 7-10 may kunlari Buxoro, Samarqand shaharlarini sayohat qiladi, 11-12 mayda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti markaziy binosida tadbirning ochilish marosimi o‘tkaziladi. Unda talabalar o‘zlari tayyorlab kelgan ma’ruzalari bilan qatnashadilar.
Mazkur tadbirdan kutiladigan eng katta natija O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash, media sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston jahontillari universitetida turk tili, xalqaro jurnalistikamutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun tajriba almashishdir.
Vorkshopning davlatimiz turistik salohiyatini dunyoga yoyishdagi ahamiyati shundaki, ushbu tadbir avvalo Turkiya-O‘zbekiston o‘rtasida media sohasida amalga oshirilgan ilk qadamlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari,xorijdan kelgan mehmon talabalar o‘z mamlakatlaridagi OAVda O‘zbekiston haqidagi materiallarni chop etadi.