KXDR yetakchisi Kim Chen In XXR Raisi Si Szinpinga murojaat qilib, ikki mamlakat o‘rtasida munosabat bundan keyin ham rivojlanishiga ishonch bildirdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi.
“Ikki partiya va ikki mamlakat o‘rtasidagi birodarlik, hamkorlik mustahkamlanishiga, KXDR va XXR o‘rtasidagi do‘stona munosabat bundan keyin ham yangi davr talabi, ikki xalq orzu-istagi asosida qat’iy taraqqiy etib boraverishiga ishonch bildirildi”, deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, Kim Chen In Si Szinpinga “Xitoyning o‘ziga xos sotsializm qurilishi yo‘lida partiya, hukumat va xalqni boshqarish bo‘yicha mas’ul vazifani bajarishda davomli muvaffaqiyat, mustahkam salomatlik tilayman”, deya tilak bildirgan.
9 sentyabr kuni Si Szinpin KXDRning 75 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘llab, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shish uchun Pekin Pxenyan bilan “strategik fikrlash”, shuningdek, ishchan hamkorlik munosabatini rivojlantirishga tayyorligi to‘g‘risida bayonot bergan edi.