O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, atoqli shoira, “Do‘stlik” ordeni hamda “Shuhrat” medali sohibasi Farida Afro‘z ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farida Afro‘z she’riyatida mehr, samimiyat, sadoqat, poklik, Vatanga muhabbat avj pallalarda kuylanadi.

Shoiraning «Qirqkokilligim», «Iztirob ko‘ylagi», «Tunlar isyoni», «Ko‘zim manim…», «Qurbonjon dodxoh» tarixiy dramasi, «O‘zimdan o‘zimgacha», «Poka yest na zemle razluka…», «Ot Faridы Afruz» (Moskva), «Gun aydin» (Istanbul), «Ushshoq», «Tasbih», “O‘sha kun – bugundir” singari bir qator  she’riy to‘plamlari chop etilgan.

She’rlari rus, turk, ingliz, nemis, fransuz, fors, uyg‘ur, ozor, xitoy, koreys tillariga tarjima qilingan. Uchrashuvda Farida Afro‘z she’rlaridan namunalar o‘qildi. Taniqli kompozitorlar Rustam Abdullayev, Oydin Abdullayeva, Behzodbek Tursunboyev musiqiy asarlari ijro etildi.

Uchrashuv musiqa va she’riyat kechasi sifatida yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

N.Usmonova, O‘zA