Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanida voyaga yetmagan bolalar zaharlangani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Mazkur xabarlar yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsiddinov ma’lum qildi.

Tekshirish davomida voyaga yetmagan bolalarning zaharlanishi sabablari aniqlanadi va bu haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

“Voyaga yetmagan bolalar nimadan zaharlanganligi hali noma’lum bo‘lganligi sababli jamoatchilikdan noto‘g‘ri va turli taxminlarga asoslanmagan xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz. Tekshirish jarayoni nazoratga olingan. Chust tumanida favqulodda holat e’lon qilinganligi xaqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyilgan matbuot kotibi xabarida.

O‘zA