Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Xavfsizlik kengashi majlisida jangovar harakatni to‘xtatish uchun Rossiyaga ikki talabni ilgari surib, yana bir bor Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning 1991 yilgacha bo‘lgan hududidan tashqariga olib chiqilishini, Qora va Azov dengizlari hamda Kerch bo‘g‘ozidagi iqtisodiy hududlar Kiyevga qaytarilishini talab qildi.

“Faqat ushbu bandlar bajarilishi natija berishi mumkin, ya’ni jangovar harakat to‘xtatiladi”, – dedi u.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Seriy Lavrov ta’kidlashicha, Rossiya Ukraina bilan muzokara olib borishdan bosh tortmaydi. Agar AQSH xohlaganda edi, Kiyevga Moskva bilan muloqot qilishni taqiqlaydigan dekretni bekor qilish bo‘yicha buyruq bergan bo‘lardi. Kreml ma’lum qilishicha, hozir vaziyatni tinch yo‘lga solish uchun sharoit yo‘q, chunki maxsus amaliyotdan ko‘zlangan maqsadga erishish Moskva uchun mutlaq ustuvor hisoblanadi.

Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududida maxsus harbiy amaliyot boshlagandan keyin Kiyev Rossiya bilan muzokara olib borishni qonun darajasida taqiqlab qo‘ygan.

O‘zA