Shu maqsadda “Davlat boji to‘g‘risida” va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Bu davlatimiz rahbari 2023 yil 6 sentyabrda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalar va ruxsat berish tartib-taomillari tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun asosida amalga oshirildi.

Qonun bilan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish masalalariga doir vakolatlari mustahkamlandi.

Bundan tashqari, mayning-pul, kripto-depozitariy, kripto-do‘kon faoliyatlarini amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladi.

Mayningni ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik yoki qalbaki hujjatlardan foydalanganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olayotgan yuridik shaxslar uchun davlat boji joriy etildi. Uning miqdori va to‘lov tartibini belgilash vakolati Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga berildi.

 

N.Abduraimova,  

O‘zA