Samarqand shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjuman boshlandi.

O‘zbekiston hukumati tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO texnik ko‘magida tashkil etilgan tadbirda 30 dan ziyod mamlakat vakillari – vazirlar, diplomatlar, ko‘plab nufuzli xalqaro tuzilmalar, moliya institutlari, ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etmoqda.

Masalan, spikerlar, delegatlar orasida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Islom Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki kabi jamoalarning yuqori mansabdor xodimlari bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga tabrigini Bosh vazir A. Aripov o‘qib berdi.

Anjumanning ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, FAO Bosh direktori Suy Dunyu va boshqa yuqori martabali rasmiylar ishtirok etmoqda.

G‘ayrat Xonnazarov,  

G‘olib Hasanov,  

Nosirjon Haydarov, Alisher Isroilov,  

O‘zA, Samarqand shahri.