Respublikamiz bo‘ylab barcha hududlarda 6 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar yoshlar o‘rtasida Sardorlar saylovlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda iqtidorli, bilimli va shijoatli, ayniqsa, tengdoshlarini bir maqsad yo‘lida birlashtira oladigan xohlagan yoshlar faol ishtirok etishlari mumkin.
Saylovlar 5 bosqichda amalga oshiriladi. Jumladan, birinchi bosqich – sinf sardorlari saylovi 6-9 sentyabr, ikkinchi bosqich – maktab sardorlari saylovi 11-16 sentyabr, uchinchi bosqich – tuman va shahar sardorlar saylovi 18-23 sentyabr, to‘rtinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sardorlar saylovlari 25-30 sentyabr hamda beshinchi bosqich – Respublika Sardorlar kengashi a’zolari saylovi navbatdagi Respublika sardorlar forumi doirasida o‘tkaziladi.
Yoshlarimiz saylov jarayonlarining tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari orqali olishlari mumkin.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA