Yaponiya hukumati AQSH bilan KXDR Raisi Kim Chen Inning Rossiyaga borish rejasi munosabati bilan aloqa bo‘lib turibdi. Safar to‘g‘risidagi ilk xabarni “The New York Times” nashri ma’lum qilgan edi.

Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokazu Matsuno brifingda “biz bu safardan xabardormiz, mazkur masala bo‘yicha AQSH bilan muntazam aloqadamiz. Shimoliy Koreyadagi voqealarning rivoji to‘g‘risidgi ma’lumotlarni to‘plab, tahlil qilmoqdamiz”, deb bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyani KXDRdan qurol-aslaha sotib olishni taqiqlovchi BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi buzilishi ehtimoli tashvishlantirmoqda.

Putin va Kim Chen In bundan nazval 2019 yil aprelda Vladivostokda uchrashgan.