Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkilotining 78-sessiyasi ish boshladi, deb xabar berdi TASS agentligi. Anjumanning asosiy voqealari 19-25 sentyabr kunlari oliy darajadagi haftada bo‘lib o‘tadi.
Shu kunlari dunyo mamlakatlari yetakchilari va tashqi ishlar vazirlari xalqaro vaziyat va global muammolarga qarshi kurash bo‘yicha o‘z munosabatlarini bildiradilar.
Nufuzli tadbirning ochilishida majlis raisi, Trinidad va Tobago Respublikasi diplomati Dennis Frensis qasamyod qilib, majburiyatini adolatli va mustaqil bajarishga va’da berdi.
“Bosh assambleyaning 78-sessiyasi muammolar zanjiri taranglashgan murakkab global kun tartibi sharoitida ish boshladi. Men sessiya muvaffaqiyatli o‘tishi uchun to‘rtta – tinchlik, farovonlik, taraqqiyot va barqarorlik shiorini o‘rtaga tashlamoqchiman”, dedi u.
Frensisning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkir geosiyosiy kelishmovchiliklar “olamni xavfli yangi yadro noaniqligi davriga olib keldi”.
Oliy darajadagi haftaga qadar Bosh assambleyaning kun tartibini tasdiqlash, qo‘mitalarni shakllantirish singari tashkiliy ishlar olib boriladi.