Davlat OTMda 2023/2024 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bir talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining tasdiqlangan miqdorlari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, sog‘liqni saqlash ta’lim sohasida bir talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari quyidagicha:  

– bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 9 129 930 so‘m;    

– magistratura (stipendiyasiz-bazaviy kontrakt) – 10 488 590 so‘m.  

Stipendiyali to‘lov-kontrakt miqdori amaldagi stipendiya miqdorini 12 oyga ko‘paytirilgan holda qo‘shib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq o‘quv yili davomida stipendiya miqdori oshirilganda, bir talabani stipendiyali o‘qitish qiymati miqdori stipendiyaning yangi miqdoridan kelib chiqib, o‘quv yili oxirigacha oshiriladi.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda yurtimizda 11 ta tibbiyot oliy o‘quv yurti faoliyat yuritmoqda.

 O‘zA