4 sentyabrdan barcha ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. Toshkentga o‘qish uchun kelgan talabalar esa oldingi yillarga qaraganda ko‘p va ular tabiiyki turarjoy muammosiga duch kelishadi. Biz talabalar shaharchasi va uy bozoriga borib, talabalar va ularning ota – onalari bilan gaplashishga harakat qildik.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillarining aytishicha, shaharchada birinchi marta talabalarga ijara uylarini topishda yordamlashadigan markazlar tashkil etilgan. Unga ko‘ra, ijarada turuvchi o‘quvchilar o‘zlariga ma’qul kelgan uyni tanlab yashashi mumkin. To‘lov narxi kishi boshiga 500 ming, 1 million so‘mdan to‘gri keladi.

Uy bozoridagi o‘rtacha ta’mirdagi ikki xonali uylarni 3 million 500 ming, 4 million so‘mga topish mumkin.

Sal avval esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiysi bilan talabalar turarjoyi bo‘yicha intervyuni e’lon qilgandik.

Sardorbek Poyonov, Abror Sodiqov (video), O‘zA.