“WAM” xabar berishicha, BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon rasmiy tashrif bilan Ammanga keldi. Oliy martabali mehmonni Marka xalqaro aeroportida Iordaniya Qiroli Abdulloh II bin Al-Husayn kutib oldi.
Ikki davlat rahbarlari uchrashuvida ko‘p yillik hamkorlikni yanada mustahkamlash masalasi, qator mintaqaviy va xalqaro tadbirlar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida muhim strategik sohalarda sheriklikni kengaytirish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Ikki mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqlar farovonligini ta’minlash va boshka muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar turli nizolarni hal etishda muloqot va diplomatiya muhimligiga umumiy ishonch bildirdilar. Tinchlikni mustahkamlash, mintaqa va dunyo miqyosida barqarorlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqlik ta’kidlandi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA