O‘zbekiston Notarial palatasi hamda Indoneziya notariuslari Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekiston Notarial palatasi hamda Indoneziya notariuslari Assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Avvalroq, Indoneziyaning Jakarta shahrida Xalqaro notariuslar ittifoqining Osiyo ishlari bo‘yicha Komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tayotgani, unda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurovning komissiyaga ikki yil muddatga prezident etib saylanganligi haqida xabar bergan edik.
21 iyul kuni O‘zbekiston Notarial palatasi va Indoneziya notariuslari Assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida hamkorlik munosabatlari mustahkamlanadi, tomonlarning ilg‘or tajribasidan foydalangan holda notariat tizimlari takomillashtiriladi.
O‘zA