RF Prezidenti Vladimir Putin raqamli rubl joriy etish va tegishli elektron platforma yaratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilingan.

Milliy valyutaning qo‘shimcha shakli mavjud pul versiyalari bilan birga chiqariladi. Endi Rossiya rubli uch xil shaklga ega: naqd, naqdsiz va raqamli.

Qonunga muvofiq, bank operatori – maxsus axborot tizimi orqali raqamli rubl platformasidan foydalangan holda amaliyotni yangi format yordamida amalga oshirishi mumkin.

 

O‘zA