Sayyoramizda takrorlanadigan jazirama to‘lqin oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Yaqin o‘n yilliklarda oziq-ovqat narxi sezilarli oshishi mumkin, deb yozdi Britaniyaning “Guardian” olimlar bayonotiga tayanib.

Joriy yil yoz bo‘yi ko‘plab mamlakatlarda rekord darajadagi yuqori harorat qayd etilmoqda, qator hududlarda suvdan foydalanish cheklangan, konditsionerlar uzluksiz ishlashi tufayli elektr energiyasi iste’moli keskin ortgan.Olimlaresa bu hali boshlanishi, bundan ham issiq kunlar oldinda,deya taxmin qilmoqda.

“Oziq-ovqat tizimiglobal xususiyatga ega. Dunyoning turli mintaqalarida bir vaqtning o‘zida yirik ekin maydonlari yo‘qolishi xavfi ortib boryapti.Bu haqiqatan oziq-ovqat zaxirasi va narxiga salbiy ta’sir qiladi”, deydi Lids universiteti atmosfera fanlari professori Jon Marsham gazetaga bergan intervyusida. Olimning fikricha, ayni holat yaqin o‘n yilliklarda sodir bo‘lishi mumkin.

Yana bir olim Daniel Shmidt issiqlikning dengiz hayotiga ta’sirinio‘rgandi.Olim ta’kidlashicha, okean va dengiz ham issiqlik to‘lqiniga, ma’lum miqdorda, tobe. Masalan, harorat 2 daraja ko‘tarilishi marjon riflari yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Issiq yozning ta’siri allaqachon o‘zini namoyon qilmoqda. Germaniya va Gretsiyada yuqori harorat tufayli o‘rmon yong‘ini avjiga chiqmoqda, Fransiyada qurg‘oqchilik xavfi bois qator muzofotlarda suvdan foydalanishga cheklov joriy etildi, shahar hovuzlari yopildi. Ispaniyaning bir necha mintaqasi, asosan, Pireney yarim orolining janubiy qismi aholisi suv ta’minotidagi uzilishdan aziyat chekmoqda.Suv omborlarini to‘ldirish darajasi mavsum uchun o‘rtacha darajadan past, ayrim shaharlarda,o‘ta muhim bo‘lmasa,suvdan foydalanish qisqartirildi.

Aholiga yordam berish va jazirama oqibatiga qarshi kurashish chora-tadbirlari turli mamlakatlarda turlicha kechmoqda.

Ispaniyada fuqarolarga imkon qadar uyni sovutish va yuqori haroratga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun shifokorlar bilan maslahatlashish tavsiya qilingan. Gretsiya hukumati jazirama tufayli elektr tarmog‘iga yuklama ortishi sharoitida ochiq havoda og‘ir mehnat qilmaslikka, oziq-ovqat yetkazib berish to‘xtatilgani sababli, aholini elektr jihozlaridan foydalanishni cheklashga chaqirdi.

Italiyada, rekord darajadagi harorat bilan qanday kurashish bo‘yicha maslahat berishdan tashqari, fuqarolik mudofaasi xizmati Rim atrofida 28 ta mobil yordam stansiyasini joylashtirdi. Stansiyada shifokor va ko‘ngillilar navbatchilik qiladi. Turistlar, fuqarolar sog‘lig‘i yomonlashsa, bir shisha suv yoki birinchi tibbiy yordam olishi mumkin.

Germaniyada Shifokorlar kasaba uyushmalari federatsiyasi janubiy mamlakatlar tajribasini o‘zlashtirib, rekord jazirama fonida mamlakatda kunduzgi tanaffus joriy etishga chaqirdi.Binobarin, Germaniya Yevropaning boshqa davlatlaridan farqli ravishda, g‘ayritabiiy issiqlik bilan kurashish bo‘yicha milliy rejaga ega emas. Chora-tadbir joriy etish tashabbusini mahalliy hokimiyat ko‘taradi. Favqulodda vaziyatda suv iste’molini cheklash va daryodan suv olishni tartibga solish chorasi ko‘rilgan Gessen federal shtati bu borada eng ko‘p amaliy ish bajargani aytilmoqda.

S.Rahimov, O‘zA