Bugun “Twitter” kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi shu nomli rasmiy akkaunti o‘zgartirildi.

Akkaunt avatari ko‘k qush tasviridan qora fondagi oq “X” harfiga o‘zgardi. “Twitter” egasi Ilon Mask o‘z sahifasida kompaniya qarorgohining yangi ramzi proyeksiyasi bilan suratini joylashtirdi.

Milliarder avvalroq “x.com” domeni endi foydalanuvchilarni “Twitter”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirishini aytgan edi. 1 iyun kuni tadbirkor kompaniya nomini almashtirish rejasi haqida gapirdi. 22 iyun kuni kompaniya ramzida qush o‘rniga “X” paydo bo‘lishini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, 2022 yil 27 oktyabrda Mask “Twitter”ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik kelishuvni yopdi. So‘ngra darhol kompaniya rahbariyatidagi ayrim xodimlar, jumladan, bosh direktor Parag Agraval va moliya direktori Ned Segalni ishdan bo‘shatdi. AQSH Qimmatli qog‘oz va birja komissiyasi ma’lumot bazasiga joylashtirilgan hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, Mask direktorlar kengashini ham tarqatib yubordi va kompaniyaning yagona rahbari bo‘lib oldi.

O‘zA