Kuni kecha AQSH Missuri shtatida joylashgan “Ford” zavodini yopish hamda ishchilarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keldi. “ABC” telekanali politsiyaga tayanib xabar berishicha, bunga zavod hududida bir kishi qurol va portlovchi modda olib yurgani sabab bo‘lgan.

“Politsiya xavfdan ogoh bo‘lgach, ishchilar xavfsiz joyga olib o‘tildi”, – deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, qo‘lida qurol, to‘pponcha va portlovchi qurilma ko‘tarib olgan shubhali odam hojatxonaga berkinib olgan. Tartib posbonlari ma’lumotiga ko‘ra, vaziyatni mutaxassislar sinchiklab tekshirib chiqmaguncha, zavod yopiqligicha qoladi.