Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 iyundagi “Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, aholi ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini tubdan takomillashtirish maqsadida ayrim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ixtisoslashtirilgan psixiatriya va narkologiya yordamini ko‘rsatishning yagona vertikal boshqaruv tizimi joriy etiladi. Birlamchi bo‘g‘in tibbiyot muassasalariga ruhiy salomatlikni muhofaza qilish xizmatlari integratsiya qilinadi. Ruhiy holati buzilgan shaxslar dori vositalari bilan ehtiyojga ko‘ra to‘liq ta’minlanadi hamda aholi, ayniqsa, bolalar va o‘smir yoshlarning ruhiy salomatligi mustahkamlanadi.

Shuningdek, 1 avgustdan quyidagilar joriy etiladi.

Xususan, tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida – tibbiy psixolog lavozimi, statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog lavozimi hamda statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari tashkil etiladi.

2023-2024 o‘quv yilidan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

Ayrim klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA