Bugungi savollar aliment undirish haqidagi kelishuv mavzusiga bag‘ishlangan. Ma’lumot uchun, aliment so‘zining ma’nosi aliment – lotincha “alimentum” so‘zidan olingan bo‘lib, oziq-ovqat, nafaqa, ta’minot, boqish uchun mablag‘lar ma’nosini anglatadi. Aliment – bu qonunda belgilangan hollarda aliment to‘lashi shart bo‘lgan oila a’zosi (qarindosh)ning oilaning boshqa bir a’zosi(a’zolari)ni moddiy ta’minlash uchun to‘lanadigan mablag‘dir.
Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish talabi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Shu o‘rinda aliment bo‘yicha savollar ham bisyor. Nikoh bekor qilinmasdan turib aliment undirish mumkinmi? Aliment to‘lash asosan otaning majburiyatiga kiradimi? Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment to‘lashdan ozod etish mumkinmi? Keling yaxshisi barchasini mas’ullardan eshitsak:
Batafsil:
M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA