Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov rahbarligida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 15 ta murojaat kelib tushib, shundan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. 3 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi va 7 tasi ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi. Jumladan, ikki nafar fuqaroga ID karta, uch nafar fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida zarur uskunalar va pishiriq pechi berilib, murojaatlari joyida ijobiy yechim topdi.
Ichki ishlar vazirining ommaviy qabuli boshqa shahar va tumanlarda ham bo‘lib o‘tadi.
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA