“Taraqqiyot strategiyasi” markazida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Markaz rahbari Eldor Tulyakov Yuy Szyunni yangi lavozimga tayinlanganligi bilan muborakbod etib, O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shu bilan birga, E.Tulyakov elchi janoblarini Markaz faoliyati, 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturlarining jamoatchilik monitoringini samarali tashkil qilish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

O‘z navbatida elchi Yuy Szyun “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlanayotgan axborot-tahliliy materiallar ikki mamlakatning siyosiy, ilmiy va ishbilarmon doiralar vakillari uchun muhim hujjat bo‘lib xizmat qilayotganligini hamda bu jarayonda Xitoyning yetakchi “aql markaz”lari bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilganligini yuqori baholadi.

Muloqot yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarni yanada kengayirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga kelishib olishdi.

Z.JONIBEKOV, O‘zA