Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.
O‘tish ballari xorijdagi OTMlardan mamlakatdagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga, O‘zbekistondagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga taalluqli.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar joriy yil 15 iyuldan onlayn qabul qilinadi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA