Fransiyaning Montagris shahrida o‘tkazilgan “II Xalqaro birdamlik o‘yinlari” hamda Yevropa ochiq chempionati musobaqalarida mamlakatimiz para taekvondochilari munosib natijalarga erishdi.
“Parij-2024” Paralimpiya o‘yinlarining muhim reyting ochkolarini jamg‘arish yo‘lida harakat qilayotgan terma jamoamiz a’zolari “II Xalqaro birdamlik o‘yinlari”da 1 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 50 taga yaqin mamlakat terma jamoalari ishtirokida o‘tgan Yevropa ochiq chempionatida 1 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medaliga ega chiqdi.
Har ikki musobaqaning shiddatli bellashuvlari natijasiga ko‘ra, Javohir Aliqulov, Zuhriddin Toihrov, Sanjar Muxtorov, Qudrat Haydarov, Guljanoy Naimova, Ziyoda Ishoqova, Asad Toshtemirov kabi matonatli sportchilarimiz “Parij-2024” Paralimpiadasining reyting ballarini jamg‘ardi.
Yana bir ahamiyatli jihati, hamyurtlarimiz Yevropa ochiq chempionatida medallar jamg‘arish borasida umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA