Isroil mudofaa vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, mamlakat armiyasi uchun Amerika hukumatidan “Lockheed Martin” tomonidan ishlab chiqarilgan F-35 qiruvchi samolyoti uchinchi eskadrilyasi sotib olinadi.

3 milliard dollarga baholanayotgan ushbu xaridni Amerika yordam fondi moliyalashtiradi.

Ta’kidlanishicha, mazkur xarid doirasida Isroil harbiy havo kuchlari qo‘shimcha ravishda AQSHdan 75 ta stels-samolyot ham oladi.