24 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Prezident Vladimir Putin davlatimiz rahbariga Rossiyadagi vaziyat to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.